
Sobiq jahon chempioni: "Mbappe PSJda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmaydi"
"Arsenal" va "Barselona"da o‘ynagan 1998 yilgi sobiq jahon chempioni Emmanuel Peti Kilian Mbappening "Oltin to‘p"ni hozirgi klubi PSJda olishiga shubha bilan qaraydi. Uning fikricha, buning uchun Mbappe parijliklarni tark etishiga to‘g‘ri keladi.
"U frantsuz futbolida mumkin bo‘lgan barcha rekordlarni yangiladi, ammo Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish va dunyoning eng yaxshisi bo‘lish va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun PSJni tark etishing kerak. Mbappeda "Oltin to‘p" uchun salohiyat yuqori, - deya Petining so‘zlarini keltiradi "Legal Sportsbook".
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2017 yildan buyon Parij jamoasida o‘ynamoqda.
Fikrlar