Sobiq Germaniya bosh murabbiyi Braziliyani boshqarishi mumkin

  • 16 mart, 2023, 20:37
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ayni paytda Braziliyaning keyingi bosh murabbiyi kim bo‘lshi so‘roq ostida qolmoqda. "Pentakampeonlar"ni boshqarishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida "Real" ustozi Karlo Anchelotti ham mavjud. U esa Madridni tark etmasligi mumkin. Shu sababli, boshqa variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

"Bild" nashri xabar berishicha, sobiq Germaniya bosh murabiyi Yoaxim Lyov Braziliyaga kelishi mumkin. U ham ayni dam ishsiz bo‘lib turibdi. 

Ma’lumot uchun, 63 yoshli mutaxassis faoliyati davomida bir necha marta 5 karra jahon chempionlariga qarshi to‘qnash kelgan. Eng esda qolarli o‘yin 2014 yilgi mundial yarim finali, ya’ni nemislarning 7:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan o‘yin hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!