Slot: "PSJ bu mavsum biz to‘nqash kelgan eng yaxshi jamoa hisoblanadi" (To‘liq matbuot anjumani)

  • 11 mart, 14:24
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yindan avval matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

"Bu o‘yindan keyin finalgacha uzoq yo‘l mavjud. Agar biz 1/4 finalga o‘tadigan bo‘lsak, "Bryugge" yoki "Aston Villa" bilan o‘ynaymiz. So‘ng bizni "Arsenal" yoki Madrid jamoalaridan biri kutib turgan bo‘ladi. Garchi bu haqida gapirishga erta bo‘lsa ham, biz finalda o‘ynash uchun etarlicha salohiyatga egamiz.

PSJning ushbu mavsumdagi o‘yinlaridan ajablanmadim. Men ularning ko‘plab o‘yinlarini tomosha qildim va ulardagi intensivlik meni hayron qoldirdi. Ular o‘tgan o‘yinda aqlbovar qilmas darajada o‘yin namoyish etdi, buni hamma gapirdi. Biroq, biz ham yaxshi o‘ynay olamiz. O‘tgan chorshanba kuni yaxshi jamoa ekanligimizni ko‘rsatgan edik va ertaga ham buni isbotlashga harakat qilamiz.

Arne Slot head coach of Liverpool during a training session and press conference ahead of their UEFA Champions League 2024/25 round of 16 second leg...

PSJning ayrim futbolchilari bizga qaraganda "Arsenal" va "Bavariya" jamoalari kuchli ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarini o‘qidim. Lekin shu 2-3 oy ichida ular kuchayishdi va mazkur o‘yinlarni mehmonda o‘tkazishdi. Men har ikkala o‘yinni tomosha qildim va hozirgi PSJ o‘sha vaqtdagi PSJga qaraganda kuchliroq. Ular o‘zgartirgan eng asosiy jihat — bu butun maydon bo‘ylab pressing qilishda bo‘ldi. Ularning fikrini muhokama qilmayman. Ammo ertaga ular fikrini o‘zgartirishiga umid qilaman.

"Pari Sen-Jermen" biz bu mavsum to‘qnash kelgan jamoalar orasida eng balanslashgan jamoa hisoblanadi. Lekin biz ertaga o‘zimizning eng yaxshi formamizni ko‘rsatishimiz kerak. Hech kimga hech qanday motivatsiya kerak emas. Bu Chempionlar ligasining pley-off o‘yini, Evropaning eng yaxshi ikkita jamoasi to‘qnashuvi. Muxlislarga ham, futbolchilarga ham, murabbiylarga ham qo‘shimcha motivatsiyaning keragi yo‘q. Bizni navbatdagi muhim o‘yin kutmoqda" - dedi mersesaydliklar mutaxassisi. 

Arne Slot, Manger of Liverpool, smiles in a press conference ahead of their UEFA Champions League 2024/25 round of 16 second leg match at Anfield on...

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
14/03/2025 16:57
уйиндан олдин духини бериб куйган экан-де...
финалгача узок йул деб, иштонига киб куйди