Slot: "MYuga va "Ayntraxt"ga qarshi o‘yinda to‘pni nazorat qildik, lekin tablodagi hisob boshqacha bo‘ldi"

  • 24 oktabr, 19:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APLdagi raqiblarning o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Odamlar turli narsalarga urg‘u berishadi, "Ayntraxt" bilan o‘yinning ikkinchi bo‘limi va "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limini tomosha qiling. Bu ikkala uchrashuvda ham o‘yinni bir xil nazorat qilganmiz. Lekin tablodagi hisob har xil. O‘yinlarda biz eng ko‘p vaziyatlar yaratyabmiz. Lekin aksariyat hollarda qarshilik ko‘rsatamiz deb gol o‘tkazib yuboryapmiz. "Ayntraxt"ga qarshi o‘yinda 3:1 hisobida oldinda borayotganimizda raqibda gol urishga vaziyatlar bo‘lmadi. 

Bu mavsumda asosiy farq raqiblarning uslublarida. Biz APLning dastlabki ettita o‘yinda 178 ta uzun pas uzatdik. Keyin MYu ga qarshi uchrashuvda esa 59 ta shunaqa pas amalga oshirdik", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, hozirda Slot boshchiligida "Liverpul" klubi 8 ta uchrashuvda 15 ochko jamg‘argan holda turning jadvalida uchinchi o‘rinda ketmoqda. Ulardan yuqorida "Manchester Siti" 16 ochko  bilan ikkinchi pog‘onani band qilib turgan bo‘lsa, Arteta shogirdlari 19 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!