Slot mag‘lubiyatlarga va tarkibdagi o‘zgarishlarga izoh bildirdi

  • 24 oktabr, 16:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Arne Slot tarkibdagi o‘zgarishlarga izoh berdi.

Tecno

"Barcha top jamoalarda 11 nafardan ortiq o‘yinchi bor. Yozgi xaridlardan so‘ng, hatto ketma-ket ettita g‘alaba qozonganimizda ham o‘sishimiz kerakligini his qildim. Keyin to‘rtta o‘yinda yutqazdik, shundan uchtasi safarda bo‘ldi. Tarkib o‘zgarganda bu normal holat. Biz birgalikda o‘z o‘yinimizni rivojlantirish yo‘lini topishimiz kerak", - dedi niderlandiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Ayntraxt"ga qarshi so‘nggi o‘yinni Muhammad Saloh va Aleksis Makallister zaxira o‘rindig‘ida boshlagan edi.

25 oktyabr, shanba kuni "Liverpul" Angliya chempionatida "Brentford" mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!