
Siz Olimpiadaga qaysi bokschilarimiz borishini xohlardingiz va nima uchun? (Muxlislar fikri)
Ma’lumki, havaskor boks mamlakatimizda ommaviyligi jihatidan futbol bilan bir qatorda e’tirof etiladi. So‘ngi vaqtlarda esa millionlar o‘yinini ham ortda qoldirmoqda deb bemalol ayta olamiz. Chunki charmqo‘lqop ustalarimiz butun jahonni zabt etishmoqda. Natijalar ajoyib... Shunday ekan, xalqimizning ularga nisbatan ishonchi yuqori. Qolaversa, ular bizni ulkan yutuqlarga o‘rgatib ham qo‘yishdi. Bunga, Rio Olimpiadasi, Osiyo chempionati, so‘ngi jahon chempionatlarini misol qilib keltirish mumkin.
Har jabhada mamlakatimiz sportida namuna bo‘lib kelayotgan bokschilarimizni oldinda to‘rt yillikning eng muhim turniri Tokio Olimpiadasi kutib turibdi. O‘zbek boksi shunchalik iqtidorlarga boy, vazn toifalarida jiddiy raqobat mavjudki, Tokio yo‘lidagi turnirlarga, umuman olganda ushbu Olimpiadaga tanlov borasida murabbiylarning boshi qotayotganligi aniq.
Biz ijtimoiy tarmoqlar orqali xaqiqiy boks ixlosmandlaridan o‘ziga xos so‘rovnoma o‘tkazib, ularga “Siz Olimpiadaga qaysi tarkib borishini xohlardingiz va nima uchun?” degan savol bilan murojaat qildik.
Quyida ularning fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz...
Albatta, bu shunchaki fikrlar xolos... Aslida, tarkibga kimlar kirishi, qay bokschilar bu turnirga borishga loyiq va ular natija ko‘rsata olishga qodir ekanliklarini O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari barchadan yaxshi bilishsa kerak. Qolaversa, natijalarga ham ular javobgar sanaladi. Shu nuqtai nazardan ularning to‘g‘ri tanlov qabul qilishlariga ishonchimiz komil!
Demak, muxlislarning tanloviga e’tibor qaratamiz:
Quanishbek Seydaliev (Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani) - energetik
- 52 kg Shahobiddin Zoyirov.
- 57 kg Miraziz Mirzahalilov.
- 63 kg Elnur Abduraimov yoki Iqbolbojon Holdorov. Bu vaznda ikkalasiga raqobatchi yo‘q. Biroq Iqbol vazn tashlashi kerak bo‘ladi. Buni amalga oshirganda ham sport formasini ushlab turishi lozim. Menimcha Elnur boradi.
- 69 kg Bobousmon Baturov borishi kerak. Shahramni prof boksda qiladigan ishlari talaygina... G‘iyosov qaytsa kamida 1 yil vaqtini yo‘qotadi.
- 75 kg Ulugbek Haqberdiev so‘ngi O‘zbekiston chempionatida boshqalardan bir bosh ustun ko‘rindi. Garchi, bronza olgan bo‘lsa ham uni Fanat Qahramonov va Odil Arslonovdan ustun deb hisoblayman. Isroil esa professionalda ajoyib natijalar ko‘rsatadi.
- 81 kg Dilshod Ro‘zmetov.
- 91 kg Madiyar Sayidrahimov. Unga ham imkon beradigan payt keldi. Sanjar Tursunov oxirgi vaqtlarda ishonchni u qadar oqlamayapti. Bo‘y borasida ham biroz imkoniyati pastroq.
+91 kg Bahodir Jalolov.
Bektemir, Isroil va Shahramlar yana havaskor boksga qaytmasa yaxshi bo‘lardi. Sababi, profda yahshi natijalar qayd etishmoqda. Havaskorga qaytsa ortga tashlangan qadam bo‘ladi. Albatta, bu mening shahsiy fikrim.
Mirabbos Mirzahalilov( Farg‘ona viloyati, Quva shahri) – o‘qituvchi
Saralash turniriga boradiganlar 99 % aniq bo‘lib ulgurgan nazarimda... Faqatgina ikki vaznni aniqlab olish zarur bo‘ladi xolos. Bular -63 va -69 kg. -63 kgda Xoldorov, Noraliev va Abduraimovlar orasidan tanlab olinadi. – 69 da esa, Baturov va G‘iyosov o‘rtasida sparing o‘tkazilib munosibini olib borish kerak deb o‘ylayman.
Meni taxminim bo‘yicha
- 52 Shahobiddin Zoirov
- 57 Mirazizbek Mirzahalilov
- 63 Iqboljon Xoldorov
- 69 Bobousmon Baturov
- 75 Dilshod Ro‘zmetov
- 81 Bektemir Meliqo‘ziyev
- 91 Sanjar Tursunov
+91 Bahodir Jalolov
Birinchi turnirida natija ko‘rsata olmagan taqdirda keyin boshqalarni ham olib borsa bo‘ladi.
Abu Bakr Tolibjonov (Andijon) – qassob
- 52kg - Shahobiddin Zoirov
- 57kg - Miraziz Mirzahalilov
- 63kg - Iqbol Xoldorov
- 69kg - Shahram G‘iyasov
- 75kg - Isroil Madrimov
- 81kg - Bektemir Meliqo‘ziev
- 91kg - Sanjar Tursunov
+91kg - Bahodir Jalolov
Alisher Ma’murov ( Andijon vil. Oltinko‘l tumani) – shifokor
Shahobiddin Zoirov (- 52 kg), Miraziz Mirzahalilov (- 57 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg)lar nafaqat Olimpiadaga borishga xaqli, balki aynan shu vaznlardan medal kutishimiz mumkin deb o‘ylayman.
- 63 kg da Iqboljon Xoldorovga Elnur Abduraimov jiddiy raqobat qila oladi. Lekin Iqboljonni bo‘y uzunligi, oyoqda yaxshi ishlay olishi, jang davomida o‘ziga o‘zi motivatsiya bera olishi va Abduraimovdan qolishmaydigan texnikaga ega ekanligi uning ustunlik tarafi deb o‘ylayman.
- 69 kg va -75 kg ochig‘i ushbu ikki vaznda Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimovlardan keyin biroz pasayish yuzaga kelgandek tuyulyapti. Shu ikki vazn toifasidagi boshqa bokschilarga xurmat saqlagan holda shuni aytish mumkinki, Olimpiadada aynan shu vaznlarda medallardan quruq qolamiz deb qo‘rqaman (shaxsiy fikrim).
- 81 kg Ro‘zmetov jahon chempionatida qanday qatnashganini ko‘rdik va bu uning uchun judda katta tajriba bo‘ldi deb o‘ylayman. Ishonamanki Olimpiadada xam muxlislar ishonchini oqlay oladi.
-91 kg da Tursunov xuddi Jalolov singari barcha musobaqalarda ushbu vazn toifasini faqat o‘ziga tegishli qilib olayotganday edi, lekin so‘ngi O‘zbekiston chempionati -91 kg da boshqa bokschilar xam asosiy tarkib uchun kurasha olshini ko‘rdik.(barchasi shaxsiy fikrim albatta)
Jalol Ahmedov (Jizzax, Forish) – talaba
- 52 kg Shahobiddin Zoirov Shahobiddin: Jahon chempionatida ajoyib qatnashdi. Endi oxiriga qadar Olimpiadaga ham borishi kerak.
- 57 kg Miraziz Mirzahalilov : Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempioni hamda Jahon chempioni Olimpiadaga bormasa mantiqsizlik bo‘ladi...
- 63 kg Iqbol Xoldorov: Elnur yomon bokschi emas. Lekin Iqbol kabi ham emas. Agar, vazn tashlashni uddalay olsa Xoldorovning imkoniyati yuqori.
- 69 kg Bobousmon Baturov: Eng bahsli holat. Shaxram qaytishi deyarli aniq deyishmoqda, lekin zinadan chiqib yuqoriga ketatyotgan professional boksdan yana qaytish... Uslub boshqa, qo‘lqoplar qalinligi o‘zgacha va havaskor nisbatan tezkor. Osiyo o‘yinlari chempioni, Osiyo chempioni Jahon chempionati bronza medali sohibi ( bu natija oddiy emas axir) menimcha Bobousmon haqli nazarimda.
- 75 kg Odil Arslonov: Eng og‘riqli vazn. Isroil qaytish ehtimoli bor degan mish-mishlar tarqalmoqda. U professional uchun ayni mos. Fanatga hurmat saqlagan holda bu yili Odiljon Arslonovga imkon berib ko‘rish kerak.
- 81 kg Dilshod Ro‘zmetov: Jahon chempionatida Dilshod o‘zini yuqori darajada ko‘rsata oldi. Ancha nomdor bokschilarni mag‘lub etdi. Menimcha u to‘rt yillikning eng nufuzli turniriga borishga haqli.
- 91 kg Madiyar Sayidrahimov: Anchadan beri vaqtini kutayotgan Madiyar Saidrahimov va O‘zbekiston chempioni Jamshid Abdullaev o‘rtasidagi sparring g‘olibiga e’tibor qaratish lozim.
+91kg Laziz Mullajonov va Ulug‘bek Mubinovlar yaxshi bokschilar. Ammo Bahodir Jalolov kuchliroq va so‘zsiz haqli.
Ne’matullo Sodiqov ( Samarqand) - talaba
- 52 kg -Shahobiddin Zoirov, izohga hojat yo‘q deb o‘ylayman, Olimpiada va jahon chempioni.
- 57 kg - Miraziz Mirzaxalilov, so‘ngi 3 ta yirik turnirlarni yutdi. Hozirda u o‘z vaznida tengsiz!
- 63 kg - Nozik nuqtalarimizdan biri, imkoni bo‘lsa Iqbol Holdorov! Boshqa tuzukroq nomzod yo‘q hozircha, Elnur, Shunqorlar sovrinsiz qolishi ehtimoli yuqori.
- 69 kg - Bobo Usmon Baturov asosiy tarkibga kirish uchun barcha ishni qildi. Osiyoda tengsiz bo‘ldi. Jahonda sovrindor. Shahram G‘iyosovning profidagi imkoniyatlar yuqori, uning bu yo‘nalishda chempionlik kamarlarini yutishidan umidvormiz.
- 75 kg - Isroil Madrimov hali Olimpiadaga borishga ulgurmadi, O‘zbekistonda unga hozircha raqobatchi yo‘q. Profidagilarni olishni yoqlamaymanku bu vaznni boshqacha qilib qutqarib qolishni iloji yo‘q deb o‘ylayman.
- 81 kg - Dilshod Ro‘zmetov kelajakda juda katta yutuqlarni qo‘lga kiritishiga ishonaman. Salohiyati eng baland bokschimiz. Albatta, shaxsiy fikrim! Bektemirni qaytarishga etarlicha sabab yo‘q. Dilshod jahon chempionatida buni murabbiylarimizga isbotlab qo‘ydi.
- 91 kg - 2 nafar nomzodni o‘rtasidan tanlash kerak deb hisoblayman, Sanjar Tursunov, Madiyor Saidrahimov, o‘zaro sparringda kim ustunroq bo‘lsa o‘sha haqli. Sanjar bir qancha medallarni yutib bergan bo‘lsa, Madiyor ichki birinchilikda etakchilik qilyapti.
+91 - Bahodir Jalolov, hozirda yaqqol etakchi. Yagona halal beradigan jihat professional faoliyati, ikkinchi da’vogar esa Laziz Mullajonov, rossiyadagi turnirda g‘olib bo‘lib hozirda yaxshi formada ekanligini ko‘rsatdi.
Sarvar Ruxiddinov (Toshkent viloyati, Parkent tumani) – talaba
- 52 kg Shahobiddin Zoirov
- 57 kg Miraziz Mirzahalilov
- 63 kg Iqboljon Xoldorov
- 69 kg Bobousmon Boturov
- 75 kg Bektemir Meliqo‘ziyev
- 81 kg Dilshod Ro‘zmetov
- 91 kg Madiyar Saidrahimov
+91 kg Bahodir Jalolov
Orif Ahmedov (Toshkent shahri) – talaba
- 52 kg Shahobiddin Zoirov, eng munosib nomzod.
- 57kg Miraziz Mirzahalilov, Olimpiadaga borishga haqli har holda jahon chempioni.
- 63 kg Iqbol Holdorov, o‘zini ko‘rsatish payti keldi.
- 69 kg Bobousmon , Makormakdan revansh olshi kerak. Shahram esa havaskorga qaytkandan ko‘ra, prof ringda faoliyatini davom ettirgani maqul.
- 75 kg Bektemir, u xali yosh Arlen Lopesdan revansh olshi kerak. Isroil qaytadi deyishmoqda, bu bokschimiz prof yo‘nalishda ancha tanildi. Havaskorga qaytish bu orqaga tashlangan qadam.
- 81 kg Dilshod Ro‘zmetov, iqtidorli bokschi, qozog‘istonlik raqibidan revansh olishini kutmoqdaman.
- 91 kg Sanjar Tursunov, o‘zini ko‘rsatadigan davr keldi.
+91 kg shubhasiz Bahodir Jalolov.
Jasurbek Mamadsoliev (Qoraqalpog‘iston respublikasi)
- 52 kg Shahobiddin Zoirov.
- 57 kg Miraziz Mirzahalilov.
- 63 kg Iqboljon Xoldorov, agar bu bokschimiz vaznini tushira olsa, mazkur vaznning haqiqiy etakchisi bo‘ladi.
- 69 kg Bobousmon Boturov bu bokschimiz so‘ngi yirik turnirlarni barchasinda sovrindor bo‘ldi.
- 75 Odilbek Arslonov O‘zbekiston chempioni, bu charmqo‘lqop ustasini ham yirik turnirlarda ko‘rsak yomon bo‘lmasdi.
- 81 kg Dilshod Ro‘zmetov, jahon chempionati kumush medali sohibi.
- 91 kg Madiyar Saidrahimov, yaqindagina bo‘lib otgan armiya o‘yinlari g‘olibi. Uni ham Tokioda ko‘rsak yomon bo‘lmasdi.
+91 kg Bahodir Jalolov, so‘zsiz bu bokschimiz oltin medalga da’vogar.
Albatta, bu ma’lum bir muxlislar auditoriyasining fikrlari... boksimizning ommaviyligini inobatga olgan holda, mamlakatimizda millionlab ishqibozlar bor. Shuning uchun, bu mulohazalar qaysidir ma’noda butun o‘zbek boks ixlosmandlarining fikri ekanligini bildirmaydi.
Davomi bor...
Fikrlar