“Siti”ga javob: “Chelsi” 16 yoshli qozoq hujumchisini olyapti

  • 17 yanvar, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qayrat” va Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasining 16 yoshli hujumchisi Dastan Satpaev faoliyatini Londonning “Chelsi” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

 Bu haqda Metaratings nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, bu transfer tez kunlarda rasmiylashtiriladi. Dastan Satpaev dekabrda Londonga borib, “aristokratlar” ko‘rigidan o‘tgan edi.

Dastan mamlakatning amaldagi chempioni “Qayrat” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Almatiliklarning yosh iste’dod egasi bilan shartnomasi 2026 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan.

Demak, Satpaevning “Qayrat” bilan kelishuvi borligini inobatga olsak, “Chelsi” o‘yinchini olish uchun qozog‘istonliklarga badal puli to‘lashi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!