“Siti”dan futbolchi ololmagan Xavi MYu hujumchisini nishonga oldi

  • 12 dekabr, 2021, 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi jamoa hujumkorligini sezilarli darajada kuchaytiradigan o‘yinchi qidirmoqda.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis o‘ziga ustozlik qilgan Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘ynayotgan Ferran Torresni kutayotgan edi. Kataloniyalik mutasaddilari bu transferni o‘xshata olmadi. Ularning baxtiga “Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal jamoasini tark etadigan bo‘lib qoldi.

Frantsiyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlay olmadi va ko‘proq maydonga tushish maqsadida jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.

“Barsa” bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi va qishki transferlar vaqtida manchesterliklar bilan muzokaraga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!