
“Siti”da o‘ynolmasa ham, bizga bo‘laveradi!
Angliya klublari ham kelasi mavsum oldidan transfer bozoridagi rejalarini aniqlashtirib ola boshladi.
Angliya Premer-ligasidagi joyini saqlab qolishi oydinlashib borayotgan “Vest Xem” yozda tarkibini chempion jamoa – “Manchester Siti” vakillari bilan kuchaytirmoqchi.
Bu jamoa nazari Kay Uoker va Kelvin Fillipsga tushgan. Himochi Uoker keyingi paytda asosiy tarkibdan uzoqlashib bormoqda. Yarim himoyachi Fillipsga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayapti.
“Vest Xem” rahbariyati “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ishonchini oqlay olmayotgan o‘yinchilarni olib, ulardan ko‘proq foydalanishni mo‘ljallagan.
Fikrlar