“Siti” yulduzini Angliyaning besh jamoa talashyapti

  • 25 aprel, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”da o‘n yildan beri to‘p tepib kelayotgan Kevin de Bryuyne joriy mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etadi.

Tecno

Ayni paytda belgiyalik pleymeykerni o‘z safiga qo‘shib olishga urinayotgan jamoalar safi ortib bormoqda. Bu haqda taniqlik jurnalist Melissa Reddi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Aston Villa” mutasaddilari 33 yoshli hujumkor futbolchiga ish taklif qilish masalasini muhokama qila boshlagan.

Bu jamoadan tashqari, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Arsenal” va “Nyukasl” kabi grand jamoalar tajribali o‘yinchi bilan hamkorlikka qilishga tayyor.

Aslida “shaharliklar” ham mavsumning muhim pallasida yuqori sport formasini tiklab olgan Kevinga bir yillik shartnoma taklif qilgandi. Biroq jamoada eng katta maosh olayotgan ikki o‘yinchidan biri bo‘lgan de Bryuynega yangi bitim bo‘yicha ko‘rsatilgan summa ma’qul kelmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!