“Siti” yulduzi 23 yoshida barcha katta sovrinlarni yutib bo‘ldi

  • 23 dekabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabasidan keyin jamoa  hujumchisi Xulian Alvaresning sovrinlari soni 14 taga etdi.

Tecno

Argentinalik futbolchi ayni paytda 23 yoshda ekanini inobatga olsak, bu juda katta ko‘rsatkich. Xulian “Fluminense”ga qarshi o‘tkazilgan final uchrashuvida ikkita to‘p kiritib, jamoaga katta yordam berdi.

Alvares Argentina terma jamoasi safida jahon va qit’a chempionatlarida bosh sovringa ega chiqqan. Bu sovrinlar qatoriga klublar o‘rtsidagi jahon chempionligi ham qo‘shildi.

Iste’dodli hujumchi klublar miqyosida Evropa va Janubiy Amerikaning eng nufuzli turnirlari – Chempionlar ligasi va Libertadores kubogida ham zafar quchgan.

Xulian kollektsiyasida Angliya chempionligi va kubogi, UEFA Superkubogi kabi nufuzli sovrinlar ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!