Men “Manchester Siti” va “Liverpul”ni yomon ko‘raman!

  • 18 iyul, 2022, 22:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford so‘nggi paytda Angliya chempionligi uchun talashayotgan ikki klubni yoqtirmasligini ochiqchasiga aytdi.

Tecno

- Menga “Liverpul” ham, “Manchester Siti” ham yoqmaydi. “Liverpul” o‘z tarixiga ega jamoa ekani ham menga uncha xush kelmaydi. “Siti”ni ham yomon ko‘raman.

Boshqa tomondan qaraganda, ularga e’tiroz qilish uchun hech kimning biror asosi yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, “Liverpul” bilan raqobat biz uchun muhimroq hisoblanadi, - dedi Markus Reshford.

Angliyaning hujumchining “Yunayted” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir mavsum qoldi. Klub u erkin agent sifatida qo‘ldan chiqib ketmasligi uchun bitimni hech bo‘lmaganda yana bir yilga uzaytirmoqchi. Markus Reshford bu borada hali bir qarorga kelmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!