“Siti” Rodri bilan muzokarani to‘xtatdi va boshqa yulduzga ishonch bildiradigan bo‘ldi
“Manchester Siti” rahbariyati klub bilan amaldagi shartnomasining yakuniy muddati yaqinlashayotgan ikki futbolchining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” klub tarbiyalanuvchisi Fil Foden bilan 2027 yilning yozida yakunlanadigan shartnomani yangilaydigan bo‘ldi. Sport bo‘limi tez kunlarda o‘yinchining vakillari bilan muzokarani boshlaydi.
Klub mutasaddilari joriy mavsum boshida “Oltin to‘p” sohibi Rodri bilan hamkorlikni uzaytirish borasida muzokara boshlagandi. Hozir bu jarayon to‘xtatildi. “Manchester Siti” xo‘jayinlari 29 yoshli ispan futbolchisi salomatligini tiklab olganidan keyin uning kelajagini yana bir bor o‘ylab ko‘radigan bo‘lyapti.
Jamoada so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan markaziy himoyachi Jon Stounzning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. “Shaharliklar” tajribali o‘yinchi mavsumni jiddiy jarohatlarsiz o‘tkazgan taqdirda unga yangi bitim taklif qilishi mumkinligi aytilmoqda.



Fikrlar