
"Siti" Raximni ko‘ndirdi
"Manchester Siti" klubi hujumchi Raxim Sterling bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar taxminan bir soatcha davom etgan. Yangi kelishuvga ko‘ra angliyalik futbolchi “shaharliklar” safida yiliga 21 mln evro maosh olishi mumkin. “Siti” aynan maoshni oshirish evaziga o‘z to‘purarini “Real”ga o‘tib ketishini oldini olishga erishishi kutilmoqda.
25 yoshli Sterling bu mavsum “Manchester Siti” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar