“Siti” Messining vorisiga da’vogar

  • 21 oktabr, 2022, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Ansu Fati faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Tecno

Xosep Gvardiola  jamoasining qanot hujumini kuchaytirish uchun 19 yoshli futbolchini transfer qilishni mo‘ljallayapti.

Lionel Messi “Barsa”ni tark etganidan keyin klub rahbariyati va muxlislari Ansu Fatini argentinalik yulduzning vorisi sifatida qabul qildi. Yosh o‘yinchiga Messiga tegishli bo‘lgan 10-raqam ham topshirildi.

Biroq, ketma-ket ikki marta og‘ir jarohat olgan Ansu Fati e’tibordan biroz chetda qolmoqda. Xavi Ernandes unga etarli o‘yin amaliyoti berayotgani yo‘q. Shu bois ispan futbolchisi jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Ansu Fatining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!