“Siti” kuchli himoyachi uchun pulga qo‘shib, bir o‘yinchisini ham beradigan bo‘ldi

  • 24 noyabr, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati 2026 yilgi transferlar bozorida o‘ng qanotga yangi himoyachi olishni maqsad qildi. “Shaharliklar” nishoniga “Chelsi” tarbiyalagan, ammo hozir “Nyukasl”da o‘ynayotgan Tino Livramento tushdi. 

Tecno

TEAMtalk nashrining yozishicha, Xosep Gvardiola klub sport bo‘limi 23 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasi davrida jamoaga olib kelishini istayapti.

Manchesterliklar rejasini amalga oshirish uchun transferga darvozabon Jeyms Traffordni ham qo‘shib berishni taklif qiladi. Trafford yozda “Byornli”dan olingan edi. Biroq jamoaga Janluiji Donnarumma kelganidan keyin yosh posbon ishsiz qolib ketdi.

“Nyukasl” ham 23 yoshli Traffordga jiddiy qiziqish bildirmoqda va golkiperning agentlari bilan bog‘lanib, hamkorlik masalasini muhokama qilgani haqida ma’lumotlar bor.  Darvozabonning o‘zi ham Angliya terma jamoasiga nomzod hisoblanadi va 2026 yilgi jahon chempionatiga borish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!