
“Siti” bir futbolchi ketganini e’lon qildi
“Manchester Siti” rahbariyati tajribali darvozabon Skott Karson bilan hamkorlik aloqalarini uzishga qaror qilganini rasman e’lon qildi.
2019 yilning yozida klubga olib kelingan 39 yoshli golkiper endi “Manchester Siti” a’zlsi hisoblanmaydi. Uning amaldagi shartnomasi tugadi va klub yangi bitim taklif qilgani yo‘q.
O‘z davrida Angliyaning eng mahoratli darvozabonlaridan biri sifatida Angliya terma jamoasi darvozasini ham qo‘riqlagan Skott Karson “Manchester Siti”da raqobatga dosh bera olmadi. U oxirgi olti yil ichida atigi ikki marta maydonga tushdi xolos.
Professional faoliyatini 2003 yili boshlagan golkiper “Manchester Siti”ga kelgunga qadar “Lids Yunayted”, “Liverpul”, “Sheffild Uensdey”, “Charlton Atletik”, “Aston Villa”, “Vest Bromvich Albion”, “Bursaspor”, “Uigan Atletik”, “Derbi Kaunti” jamoalarida o‘ynagan.
Angliya terma jamoasi safida to‘rt marotaba maydonga tushgan.
Fikrlar