
Siril Gan Jon Jonsni mag‘lub eta oladimi? Frensis Ngannu javob berdi
UFC og‘ir vazn toifasi chempioni Frensis Ngannu (17-3) yaqindagina unga raqib bo‘lgan, og‘ir vazn divizionining yana bir etakchisi Siril Gan (10-1) hamda yarimog‘ir vazn toifasining sobiq chempioni, endigi faoliyatini og‘ir vaznda davom ettirmoqchi bo‘layotgan Jon Jons (26-1-1 n/c) qarama-qarshiligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
- Siril Gan Jon Jonsni enga oladimi? Yo‘q, mag‘lub eta oladi deb o‘ylamayman. U meni taslim eta olmadi, Jonsni ham mag‘lub qila olmaydi",- dedi Ngannu.
Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu hamda Siril Gan o‘rtasidagi to‘qnashuv joriy yilning 22 yanvarida bo‘lib o‘tdi va unda kamerunlik jangchi ochkolar hisobida g‘alabaga erishgandi.
Fikrlar