Sirdaryo viloyati hokimi “5 tashabbus olimpiadasi”ning ochilishida qatnashdi hamda futbol o‘ynadi

  • 9 aprel, 2022, 16:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda joriy yil 1 aprelm kuni davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, ularni ko‘chabay va mahallabay kesimida sport tadbirlariga jalb etish maqsadida “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalariga start berildi.

Tecno

Sport musobaqalarining ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyat hokimi, senator G‘ofurjon Mirzaev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, jumladan shu maqsadda Sirdaryo viloyatida ham so‘nggi uch yilda 9ta sport majmuasi, mahallalarda 167ta "Workout", 27ta stritbol, 17ta badminton, 21ta mini-futbol maydonchalari foydalanishga topshirilgani, aholining salomatligini mustahkamlash uchun 78,84 km uzunlikda salomatlik yo‘laklari va 54,46 km uzunlikdagi veloyo‘laklar, 20dan ortiq fitnes zallari barpo etilib, foydalanish uchun yoshlar ixtiyoriga topshirilgani, shuningdek, bu boradagi ishlarni har bir tuman va shaharlar kesimida faol davom ettirgan holda “Salomatlik yo‘laklari”, velosiped yo‘laklari va sport maydonchalari qurishni davom etirish hamda taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini keyingi besh yilda 33 foizga etkazishni eng asosiy maqsad qilib olish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Ochilish marosimi yakunida Sirdaryo viloyati hokimi boshchiligidagi mahalla jamoasi hamda viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i jamoasi o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Quvnoq kayfiyatda va samimiy ruhda kechgan o‘rtoqlik o‘yinida do‘stlik g‘alaba qozondi.

Shundan so‘ng viloyat bo‘ylab ko‘chabay musobaqalar boshlab yuborildi.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!