
Singapur – O‘zbekiston uchrashuvining hakamlari ma’lum
Jahon chempionati-2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini safarda Singapurga qarshi o‘tkazadi.
15 oktyabr kuni milliy jamoamiz Singapurdagi "Milliy stadion"da mazkur yurt bosh jamoasi bilan bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘yinni xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Shen Yinhao. Unga qanotlarda hamyurtlari – Song Tsiangyun hamda Jang Cheng yordam berishadi. Zaxira hakami – Jang Ley.
"D" guruhi
15 oktyabr | 16:45
"Singapur Milliy stadioni"
SINGAPUR – O‘ZBEKISTON
Bosh hakam: Shen Yinhao (Xitoy)
Yordamchi hakamlar: Song Tsiangyun (Xitoy), Jang Cheng (Xitoy).
Zaxira hakami: Jang Ley (Xitoy).
Nazoratchi: Ala Al Abadi (Iroq).
Komissar: Kanya Keomani (Laos).
Qayd etish joiz, mazkur referi 2 kun avval Janubiy Koreya – O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham boshqargan edi.
Fikrlar