
"Singapore international open". 8-tur natijalari va so‘nggi tur oldidan to‘plangan ochkolar bilan tanishing
Joriy yilning 29 noyabr 5 dekabr sanasida "Singapore international open" turniri o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ko‘magida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.
8-tur shaxmatchilarimiz uchun qiyin kechdi. Ushbu turda 4 nafar vakilamiz durang natija qayd etgan bo‘lsa, 3 ta bellashuvda imkoniyat boy berildi.
Quyida mazkur tur natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
Navbatda mazkur turnirning so‘nggi 9-turi oldidan hamyurtlarimiz hisobidagi umumiy ochkolar bilan tanishishingiz mumkin:
-Omonova Umida - 5 ochko
-Nodirjonova Nodira - 4.5 ochko
-Shokirjonova Barchinoy - 4.5 ochko
-Salimova Asal - 4 ochko
-Karimova Guldona - 3.5 ochko
-Malikova Marjona - 3.5 ochko
-Imomqo‘zieva Nilufarxon - 3 ochko
Fikrlar