
Simona Xalep Mayamida Vinus Uilyamsni engdi
Mayami shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan tashkillashtirilayotgan "Miami Open" turnirida chorak final ishtirokchilari aniqlanmoqda.
Unda ruminiyalik tennischi Simona Xalep to‘rtinchi davrada amerikalik Vinus Uilyamsga qarshi kortga chiqdi. Mazkur bahsda Simona raqibini har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida engdi.
Shu tariqa Xalep musobaqaning 1/4 final bosqichida xitoylik Tszyan Van bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar