
Simeone "Real"ning taktikasi haqida: "Bu menga Diego Kosta o‘ynagan paytlarni eslatdi"
"Atletiko" ustozi Diego Simeone "Real" Madrid klubining taktik sxemasi haqida gapirdi.
Qayd etish lozim, "matraschilar" La Liga 6-turi doirasida Anchelotti jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Men hisobga qarab bo‘lsa-da, obro‘imni yo‘qotmaganimni his qildim.
Chuqur himoyalanib, qarshi hujumga tezkorlik bilan qochadigan jamoani ko‘rish men uchun yoqimli. Bu menga Diego Kosta bor paytdagi "Atletiko"ni eslatib yubordi. O‘shanda bizni qanday tanqid qilishganini eslaysiz-a", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar