Silva: "Gvardiola bilan ishlash mutlaqo boshqa daraja"
Sobiq yarim himoyachi David Silva Xosep Gvardiola bilan ishlagan davr haqida fikr bildirdi.
"Men uzoq vaqt qanotda o‘ynaganman, garchi markazga ko‘proq moyil edim, u meni markazga qo‘ydi. Bu joy menga a’lo mos kelardi. O‘sha yillar ajoyib edi.
U bilan ishlash mutlaqo boshqa daraja edi, chunki u raqib jamoaning nima qilayotganini bilib, hammani oldan rejalashtirgan. O‘yin davomida hamma narsa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lib ketardi. Bu — mutlaqo boshqa daraja.
Uning eng katta kamchiligi — diqqatni bir joyga to‘plashi, u ko‘p erkinlik bermaydi. Lekin boshqa barcha jihatlarda u — buyuk inson", - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik sobiq futbolchi.



Fikrlar