
Shveytsariya bosh murabbiyi Kamerun ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?
Shveytsariya terma jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin Kamerun ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"O‘ylashimcha, biz Shveytsariya tarixidagi eng yaxshi terma jamoamiz. Bizda legioner sifatida o‘ynayotgan ajoyib futbolchilar bor. Ishonamanki, bu eng yaxshi jahon chempionatimiz bo‘ladi.
Biz so‘nggi bir necha yilda shakllangan ajoyib jamoaviy ruhga ega termamiz. Futbol nuqtai nazaridan, yaxshigina qo‘shishga erishdik va endi tarixga kirmoqchimiz", - dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, Shveytsariya birinchi turda Emboloning yagona goli evaziga Kamerunni mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar