Shuhrat Maqsudov - "Paxtakor" akademiyasi direktori!

  • 28 aprel, 2023, 11:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" akademiyasining amaldagi direktori Olim Shokirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, akademiyada faoliyat olib borayotgan Shuhrat Maqsudov yangi lavozimga tayinlandi.

Tecno

Shu munosabat bilan bugun "Paxtakor" stadionining anjumanlar zalida murabbiylarga yangi direktorga tanishtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda klub rahbariyati ishtirok etdi.

"So‘nggi ikki yilda akademiyamizda qilgan ishlarimiz ortidan ancha saviya ko‘tarildi. "Paxtakor" hamisha o‘z tarbiyalanuvchilariga tayanib kelgan jamoa, biz bu sifatini oshirish uchun maxsus loyiha ustida ish olib boryapmiz. Akademiyaga qo‘shimcha maydonlar kerak va bu klubning bosh vazifalaridan biri bo‘lib turibdi. Undan tashqari, Chilonzordagi bazamizdagi sun’iy maydonni zamon talablariga javob beradiganiga almashtirish va homiylarimiz ko‘magida Qibraydagi sport majmuamizda qo‘shimcha tabiiy maydonlarni qurib, uni yoshlar ixtiyoriga topshirish. Mana, stadion ichidagi "shaxmatka" deb nomlanadigan maydon yangilandi. Ko‘rib turganingizdek, oldimizda katta ishlar turibdi, bu borada sizlar bizga yordam berishingiz kerak", - deydi "Paxtakor" FK rais o‘rinbosari Dilshod Karimov.

paxtakor3

Shuhrat Maqsudovga 1 oy muddat ichida, akademiya istiqboliga bag‘ishlangan katta dasturni ishlab chiqib, uni klubga taqdim qilish borasida vazifa yuklatildi. Bu ishni mutaxassis, akademiyadagi murabbiy va xodimlar bilan hamkorlikda bajaradi.

Shuhrat Maqsudov bildirilgan ishonchga javoban shunday dedi:

paxtakor4

- Ayni paytda murabbiylar bo‘yicha axil jamoa shakllanganligi mening ishimni oson kechishiga turtki bo‘ladi. Qolaversa, klub rahbariyatini avvalgi yillarga qaraganda maoshlarni oshirgani va qarzdorlik yo‘qligi, biz va jamoamizga faqat to‘g‘ri, vijdonan ishlash kerakligini anglatadi. Haqiqatdan, aytganilardek, tez kunlarda klubimizga yangi akademiya quriladigan bo‘lsa, unda asosiy jamoaga etkazib beradigan futbolchilarimizning saviyasi ancha baland bo‘ladi.

Ayni paytda "Paxtakor" futbol klubi o‘z akademiyasini jahon standartlariga xos tarzda yangitdan bunyod qilish bo‘yicha ish olib boryapti.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!