Shu o‘yinchi kerakmi, olinglar! “Liverpul” top-futbolchisini arzonga sotib yuboradi
Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” etakchi markaziy himoyachilaridan Ibrohim Konatening kelajagi haligicha mavhum bo‘lib turibdi.
Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida tugaydi. Konate o‘ziga “Real”dan jiddiy qiziqish borligini bilgani uchun mersisaydliklarning hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha takliflarini qabul qilmadi.
Keyinchalik “Qirollik klubi” himoyachining o‘yinida pasayish kuzatilayotgani tufayli uni jamoaga taklif qilish fikridan qaytdi.
Football Insider nashrining yozishicha, “Liverpul” mutasaddilari 26 yoshli futbolchini qishki transferlar davrida sotib yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Chunki klub qimmatbaho o‘yinchining yozda erkin agent maqomida jamoadan ketib qolishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Shu bois, mersisaydliklar 55 million evroga baholanayotgan Konateni 17 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Klub yanvar oyida himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.



Fikrlar