
Shu bolani “Barsa”ga qo‘yvoringlar!
“Barselona” rahbariyati ispaniyalik himoyachi Markos Alonso transferi bo‘yicha “Chelsi” bilan kelisha olmayapti.
Kataloniyaliklar klubda kuzatilayotgan moliyaviy inqiroz sababli “aristokratlar” talab qilayotgan badal pulini to‘lay olmaydi.
Mundo Deportivo nashrining ta’kidlashicha, futbolchining agenti Fali Ramadani ayni paytda London bo‘lib turibdi va “Chelsi” mutasaddilarini Alonsoni arzonroq narxga qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi.
Markos Alonsoning o‘zi mavsum davomida bir necha marotaba Ispaniyaga qaytmoqchi ekanini ta’kidlagan va bundan klub rahbariyatining ham xabari bor.
Alonso aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Qirollik klubi” uchun atigi bitta rasmiy uchrashuvda qatnashgan xolos.
Fikrlar