
"Shtutgart" yarim himoyachisi uchun kurashda "Arsenal" etakchilik qilmoqda
Germaniyaning "Shtutgart" jamoasi yarim himoyachisi Anjelo Shtillerda faoliyatini APLda davom ettirish imkoni mavjud. Bu haqda "Express" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shish uchun kurashda "Arsenal" klubi peshqadamlik qilmoqda. Avvalroq OAVda Shtillerga "Real Madrid", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham qiziqish bildirganini ma’lum qilishgan edi.
Yarim himoyachining transfer narxi 38 million evro deb belgilangan. O‘tgan mavsumda Anjelo "Shtutgart" safida 47 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar