Shota Arveladze hayotidan: Qamoq, o‘lim xavfi va haqiqatga berilgan jazo! "Men Lui van Galdan darvozabonsiz o‘ynashni so‘radim" (5-qism)

  • 20 iyun, 2020, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Paxtakor”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Gruziya futboli afsonasi Shota Arveladze jurnalistlarga katta intervyu berib, Shon Konneri, Lui van Gal, Vaxtan Kikabidze kabi mashhurlar bilan munosabati, hayotidagi quvonchli lahzalar, qamoqda o‘tirgani, tergovga tortilgani, o‘lim tahdidi va boshqa ko‘plab qiziq voqealar haqida gapirib berdi.  

Tecno

Shuningdek, Gruziya, Gollandiya va Shotlandiya chempioni, “Paxtakor”ni chempionlik sari etaklagan Shota Arveladze quyidagi qiziqarli ma’lumotlar haqida ham muxlislarga hech kim bilmagan faktlarni oshkor qildi:

  • Shota nega 23 yoshligida Ispaniyaning top klubi taklifini rad etgan?
  • Ronald de Bur uni “Ayaks”dagi ilk mashg‘ulotida qanday qutqarib qolgan?
  • Nega van Galni darvozabonsiz o‘ynashga undagan?

Sports.uz portali e’tiboringiz intervyuning eng qiziq qismlarini havola etadi.

- Hamkorligingiz nimadan boshlangan?

- Men uxlab qolib, birinchi mashg‘ulotga kelolmadim. Tanqid va jarimaga tayyor edim. U “Kalla pishdimi?” deb so‘radi. U shunaqa murabbiy. Menga “Ba’zan hordiq mashg‘ulotdan yaxshi. Charchadingmi dam olish kerak”, - derdi.

unnamed_20

- Van Galning  AZ maydoniga sun’iy chim yotqizish taklifiga qanday munosabat bildirdingiz?

Menga sintetika yoqmaydi. Unaqa maydonda o‘ynagandan keyin bo‘g‘inlar, belim og‘riydi. Van Gal bilan press-konferentsiyada o‘tirganimni eslayman. U sun’iy qoplamaning ijobiy tomonlarini birma-bir sanab ketdi. Men o‘rnimdan turib: “Futbolchilar ham gapirsin, axir o‘ynaydigan biz-ku”, - dedim. 

- Siz nega van Galga “Ekselsior” bilan darvozabonsiz o‘ynashni taklif qilgansiz?

Hamma darvozabonlar jarohat olgandi. Asosiy jamoadagisi ham, ikkinchi tarkibdagisi ham. Hafta davomida darvozabonlarsiz shug‘ullandik. Posbonlarni o‘rnini irlandiyalik baquvvat yigit Steynsson va men egallardik. O‘yinda darvozani Steynsson qo‘riqlaydigan bo‘ldi. Keyin 19 yoshli futbolchilar tarkibidan bitta darvozabon olib kelishdi.

Men van Galdan darvozabonsiz o‘ynashni so‘radim. Ertaga hamma biz haqimizda bong uradi, dedim. U bu raqibga nisbatan hurmatsizlik, deya ko‘nmadi.

large_16

Darvozani 18 yoshli bolakayga topshirib biz 5:0 hisobida g‘alaba qozondik. Bu o‘yinni hamma unutvordi. Agar biz darvozabonsiz o‘ynaganimiz hozirgacha eslab yurishardi.

- “Ekselsior” bilan boshqa o‘yinni ham ko‘p eslaysiz...

- Ha, 2006 yilda “Eksilsior” quyi ligaga ravona bo‘layotgan edi. Biz ularni engsak, chempion bo‘lardik. Lekin, darvozabonga qiziq kartochka va penalti... Biz yutqazdik. Keyingi yil men van Galga assistent bo‘ldi va biz chempionlikni qo‘lga kiritdik. Bizda Dembele, Ari, de Zeuv, El-Xamdaui o‘ynardi. Men AZ loyihasida ishtirok etganimdan mamnunman. Hozir u erda ajoyib akademiya va ko‘plab talantli yoshlar bor.

- Siz AZdagi o‘yin va murabbiylik orasida bir yil “Levante”da bo‘ldingiz. Nimalar esda qoldi?

- Ikkita operatsiya tufayli men bir nechta uchrashuvda maydonga tushdim xolos. Faoliyatimni “Bernabeu”da yakunladim. Chiroyli bo‘ldi. Hozirgacha Pedro Leon bilan do‘stmiz, u keyin “Real”ga o‘tgan. Shuningdek, “Levante”da himoyachi bo‘lgan do‘stim Luis Rubiales hozir Ispaniya futbol federatsiya prezidenti.

- Vaxtang Kikabidze sizga qanaqa qarindosh bo‘ladi?

Onam tomondan qarindosh. Uning filmlarini yoqtiraman. “Kuyinma”, “Mimino”. Rejissyor Giya Daneliya, bastakor Kiya Kancheli, aktyorlar Kikabidze, Leonov, Mkrtchyan ajoyib.  Haqiqatan zo‘r. “Mimino”dan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi.

uzn_1387179295

Yangi yil oldidan Buba Konstantinovich Toshkentga kontserga keldi. Gap yo‘q. 82 yoshida, 6 yildan beri dializda. Shunga qaramay, ikki soat kontsert berdi.

- Siz “Kayserispor”ni boshqarganingizda yordamchilikka Gerard van der Lemni chaqirdingiz. U van Gal bilan ishlab, “Ayaks”ni chempion qilishgan. Nimasi bilan esda qoldi?

- Zo‘r odam. Men u bilan “Ayaks”ning sobiq murabbiyi va hozir “Paxtakor”da menga yordam berayotgan Laslo Yambor orqali aloqa qildim. Men van der Lemga: “Bu mening dastlabki mustaqil ishim. Menga katta yordamchi kerak. U tomirida gruzin qoni jo‘sh urayotgan odamga  “Ovozingi o‘chir, o‘tir va eshit” deya olishi kerak”, - dedim. Biz yaxshi ishladik, beshinchi o‘rinni egallab, “Kayserispor”ni  UEFA kubogiga olib chiqdik. Van der Lem oilaviy sharoiti tufayli Gollandiyaga qaytdi, men esa “Qosimposho”ga o‘tib ketdim.

- Siz bu jamoada 2013 yilda uzoq vaqt ikkinchi o‘rinda bordingiz. Keyin nega ortga chekindinglar?

Kichik klublarga Turkiyaning grandlari bilan kurashish juda qiyin. Lekin o‘zaro uchrashuvlarda biz ularning deyarli barchasini mag‘lub etdik. Men klub prezdentiga: “Biz birinchi o‘rindamiz!”, -  dedim”.  “Qanaqasiga?”, - deb hayron bo‘ldi. “Biz “Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor”dan keyin birinchimiz!”, - degandim.

- “Qosimposho”dan ketishingiz g‘alati bo‘ldi. Oxirgi o‘yinda nima bo‘lgandi?

“Konyaspor” darvozaboni yiqildi, uning jamoadoshlari to‘xtab, to‘pni maydon chiqarib yuborishni so‘radi, lekin bizning Rayan Donk qirq metrdan darvozaga zarba yo‘lladi. Muxlislar jumbushga keldi. Men shogirdlarga bu adolatsizlik ekanini aytib, “Konyaspor”ga gol o‘tkazib berishni so‘radim. Yigirma daqiqadan keyin darvozamizga penalti belgilashdi. To‘p himoyachimiz Sarining qo‘liga jarima maydonchasining tashqarisida tekkan edi. Men ularning murabbiyiga qaradim, u menga o‘zicha shunday tushuntirdi: “Biz ligani tark etyapmizku”. O‘yindan keyin mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga oldim, klub prezidenti ketishimni so‘radi. Men u bilan hali ham do‘stman.

265781

- Klublaringizdan birini tibbiyot markazining rahbari boshqargan ekan. Aytishlaricha, u sizga tinimsiz maslahat bergan.

- Menga emas, o‘yinchilarga. “Unday tepma, nega bunaqa tepasan?”. Men undan: “Sen ginekologga ham maslahat berasanmi? Xirurggachi?”,  - deb so‘radim. “Yo‘q”, dedi. “Unda nega futbolchilarga jarimani qanday tepishni o‘rgatmoqchi bo‘lyapsan?”,  - dedim.  

- Siz kelgandan keyin “Paxtakor”ga muxlislar tashrifi oshdimi?

- Albatta. Hozir 20 mingga yaqin muxlis kelyapti.  Osiyo chempionlar ligasida 30 ming odam stadionni to‘ldiryapti. Yaqin kelajakda Osiyodagi eng zo‘r stadionlardan birini ochamiz. Muxlislar soni yanada oshadi. Menga “Paxtakor” rahbarlari futbol bilan yashayotgani, boshqalarning ham fikrini inobatga olayotgani va murabbiy qiyinchilikka duch kelsa doimo yordamga tayyorligi yoqmoqda.

photo_2020-02-10_21-50-19-xl

- Toshkentga ko‘chib o‘tgandan keyin o‘zbek oshxonasini gruzinlarnikidan ustun qo‘ydingiz. Aynan qaysi taom yoqdi?

- Menga hammasi yoqadi. Shunchalar yoqqanidan endi kamida besh kiloga ozishim kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!