
Shota Arveladze izolyatsiyaga olindi
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladzeda kecha o‘tkazilgan test natijasi ijobiy chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoalar Qatarga etib kelgach, har o‘yindan avval, koronavirus infektsiyasiga test o‘tkazib kelinmoqda. Shu kungacha, "Paxtakor" futbol klubi delegatsiyasi a’zolari 4 marta test topshirishdi.
Kecha o‘tkazilgan testda bosh murabbiy Shota Arveladzeda virus borligi aniqlandi. Shu sababli, u OFK protokoliga mos tarzda izolyatsiyaga olindi. Qatarga etib kelgan delegatsiya vakillari va futbolchilarda virus aniqlanmadi.
Fikrlar