"Sho‘rtan" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi (foto)

  • 24 noyabr, 2023, 18:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sho‘rtan" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

"Yurtimizda futbol mavsumi yakunlanib bormoqda. Futbol jamoalari ta’tilga chiqishiga qaramay, klublar yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi. Har xolda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan klublar yangi mavsum taraddudini hozirdanoq boshlab yuborishgan.

“Sho‘rtan” jamoasi joriy mavsumda Pro ligada 5-o‘rinni, yoshlarimiz “Sho‘rtan” U-19 jamoasi esa 24 jamoa orasida O‘zbekiston birinchiligida kuchli beshlikdan joy egalladi. Shu tariqa g‘uzorliklar uchun 2023 yilgi futbol mavsumi o‘z yakuniga etdi.

sho‘rt

“Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-355 sonli O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori ijrosini ta’minlash va 2024 yilgi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Sho‘rtan” professional futbol klubi hozirdanoq tayyorgarlik ishlari boshlab yuborgan.

Klub tayyorgarlik doirasida G‘uzor “Markaziy” o‘yingohi yoritish tizimini 1400 lyuksga keltirdi. Stadion maysasini sug‘orish tizimi ham avtomatlashtirildi. Mavsum yakunida maydonga mineral o‘g‘itlar bilan ishlov berilib, yangi mavsum uchun yopildi.

g‘uz

O‘z kelajagi haqida qayg‘urayotgan klub futbol akademiyasi maydoniga ham avtomatik sug‘orish tizimi va yorug‘lik tizimlarini o‘rnatdi.

“Sho‘rtan” futbol klubi homiylar tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlardan to‘g‘ri foydalangan holda o‘zbek futbolini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!