
"Sho‘rtan" logotipini yangiladi
Uning fonida har qanday kishining ham diqqatini o‘ziga tortadigan oq bo‘rining rasmi tushirilgan. Bo‘ri - aynan “Sho‘rtan” jamoasining laqabi ekanligi ma’lum.
Bo‘rilar tabiatda yirtqich hayvonlar turkumiga kiradi. Ammo logotipda o‘rin olgan bo‘ri - kurashdan qochmaydigan, uzoqni ko‘ra biladigan aqilli va kuchli jonivor timsolida gavdalantirilgan.
O‘rtada futbol to‘pi va uning ikki yon tomonida "Sho‘rtan” PFKning rasman tashkil topgan 1994-yil sanasi yozib qo‘yilgan.
Yuqori qismda esa lotincha SHFC (ya’ni "Sho‘rtan" futbol klubi), degan so‘z yozilgan.
Fikrlar