
Shonig‘matjon Shofayziev chorak finalga chiqdi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha "Shymkent Open" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Shonig‘matjon Shofayziev gruziyalik sherigi George Tsivadze bilan bigalikda mezbonlar vakili Timur Maulenov va Dostonbek Tashbulatovni har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Shonig‘matjon va George musobaqaning chorak finalida ukrakinalik Vladislav Manafov va qozog‘istonlik Timur Xabibulinga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar