Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 5 noyabr, 2021, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining to‘rtinchi turida o‘z muxlislari guvohligida “Budyo-Glimt” jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov 66-daqiqada Nikolo Dzanolo o‘rniga maydonga tushdi.

Tecno

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com  sayti “Roma” futbolchilarining o‘yinini baholab chiqdi.

296408

Ruy Patrisiu, 5.5 ball

Norvegiyalik futbolchilar portugaliyalik darvozabon uchun dahshatga aylanib qoldi. Katta kamchiliklari ko‘zga tashlanmasada, Ruy Patrisiu ikkita o‘yinda “Budyo-Glimt” o‘yinchilaridan sakkizta to‘p o‘tkazib yubordi.

Rik Karsdorp, 5 ball

Niderlandiyalik himoyachi joy tanlashda ko‘p adashmoqda. Ayrim vaziyatlarda qaror qabul qilishni cho‘zib yubormyapti. Bu ko‘pinchi “Roma”ning tezkor qarshi hujum qilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Janluka Manchini, 5.5 ball

“Roma” himoyachilar orasida eng tezkori. Ikkinchi gol o‘tkazib yuborilganidan keyin vaziyatni o‘nglashga harakat qildi.

Brayan Kristante, 5.5 ball

Avvallari hujumkor futbolchi vazifasini bajargan Kristante himoyaga moslashishga qiynalmoqda. Dastlabki daqiqalarda ikki marta xavfli vaziyat yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi. Bu uchrashuvda himoyadan hujumga o‘tishini tashkil qilishda Kristante mas’ul edi.  U buni uddalay olmadi. Biroq, Brayan aniq to‘p uzatishlari bilan ham e’tiborni tortdi.

Rojer Ibanes, 6 ball

Raqib futbolchisi Solbakkenga qarshilik qilish uchun tezkor himoyachi kerak ekan. Rojerga ochiqchasiga tezlik etishmadi. Uning xatolarini o‘yin oxirida gol urib, hisobni tenglashtirgani va “Roma”ni yana bir sharmandali mag‘lubiyatdan qutqarib qolgani yuvib ketdi.

picture_14

Ebrima Darboe, 4 ball

Bu o‘yinchi avvalgi mag‘lubiyatdan xulosa chiqarmagan ko‘rinadi. Norvegiyalik futbolchilarning aksariyati Darboening borligi sezgani yo‘q. Jamoadoshlarini ogohlantirish kerak bo‘lgan pallada ham yarim himoyachi jim yuraverdi. Juda ko‘p xato qildi.

Gonsalo Vilyar, 5.5 ball

Darboe o‘rniga maydonga tushgan ispan yarim himoyachisi kurashga chanqoq ekanini ko‘rsatdi. Bir necha marta raqibdan to‘pni olib qshydi. Biroq Vilyar ham “Budyo-Glimt” etakchisi Botxeymga etarlicha qarshilik qila olmadi.

Nikolo Dzanolo, 4.5 ball

Nikolo raqib darvozasiga xavf solib turdi, lekin harakatlarining aksariyati besamar ketdi. Iste’dodli futbolchi ayrim vaziyatlarda hujumchilarga to‘p etakazib berishda kechikdi. Uning to‘p yo‘qotishidan keyin norvegiyaliklar ikkinchi bor hisobda oldinga chiqib oldi.

Eldor Shomurodov, 5.5 ball

O‘zbek hujumchisi Nikolo Dzanolo o‘rniga maydonga tushdi. Ancha faol o‘ynadi. Shomurodov o‘ziga berilgan vaqt davomida gol urish uchun bir juft imkoniyatga ega bo‘ldi. Biroq, gol urishni unutib qo‘ygan hujumchi bundan foydalana olmadi.

1631826841_gettyimages-1340778210-612x612

Genrix Mxitaryan, 4 ball

Avvallari ko‘p gol urishga qodir bo‘lgan futbolchi hozir maydonda o‘ziga pozitsiya qidirish bilan ovora. Shijoat etishmayotgani ko‘rinib qoldi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Karles Peres ishonchliroq o‘ynadi va ispaniyalik futbolchining harakatlari 5.5 ballga loyiq ko‘rildi.

Stefan El-Shaaravi, 6.5 ball

Stefan irodasi bukilmas va tezkor futbolchi ekan. U ikki marta himoyani yorib o‘tolmaganiga qaramay, maqsad sari intilishdan to‘xtamadi. Natijada El-Shaaravi jamoasining birinchi golini kiritib, hisobni tenglashtirdi.

Temmi Abraxam, 5 ball

Abraxam yana o‘zini ko‘rsata olmadi. Go‘yo jamoadoshlari bilan mustahkam aloqa o‘rnata olmayotgandek ko‘rinmoqda. Uning o‘rniga maydonga tushgan Borxa Mayoral bir necha daqiqa ichida ikkita xavfli pas oshirdi. Hisobni tenglashtirgan gol aynan ispan hujumchisining pasidan so‘ng kiritildi. Shunga yarasha Borxa 6.5 ball bilan baholandi.

Joze Mourino, 4.5 ball

Mourinoga norvegiyaliklar yana bir bor dars berib qo‘ydi. Mourino shogirdlari maydonning har bir qismida ko‘p marta xatoga yo‘l qo‘ydi. Portugaliyalik mutaxassisni tarkib tanlashdagi kamchiliklari ham etarli. U asosan bir xil tarkibni o‘yinga qo‘ymoqda. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan futbolchilar haqiqatan o‘yinni kuchaytirdi. Balki keyingi gal aynan zaxiradagi ijrochilardan foydalangan ma’quldir?

0eebadf0e11ebb6afb79f6b5077f4

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ramazon Yusufov
05/11/2021 12:10
Eldorga omad