Shomurodovning harakatlari Abraxamniki bilan bir xil baholandi (Foto)

  • 10 may, 2022, 12:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 36-turida "Fiorentina" - "Roma" bahsi o‘tkazildi. Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Dastlab, Gonsales 5-daqiqada hisobni ochdi. 11-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Bonaventura hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bellashuvning oxirgi soniyalaridagina maydonda harakat qildi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com nashri futbolchilarning harakatlarini baholadi. "Bo‘rilar" safidagi eng yuqori ball Kris Smolling va Brayan Kristante - 6.5. E’tiborlisi, 90 daqiqa harakat qilgan Temmi Abraxam maydonda qisqa vaqt to‘p tepgan Shomurodov bilan bir xil 6 ballga loyiq ko‘rildi. 

photo_2022-05-10_12-24-38

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!