Shomurodovning barcha gollarini sanaymiz...

  • 29 sentabr, 07:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va etakchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshladi.

Tecno

Sports.uz portali 30 yoshli hujumchimizning xorij klublari safida Evropaning qaysi klublari darvozasiga to‘p kiritganini hisoblab chiqdi. Shomurodov darvozasini ishg‘ol qilgan jamoalar orasida jahonga mashhur top-jamoalar ham bor.

O‘zbekistonda “Mash’al” va “Bunyodkor” jamoalari sharafini himoya qilgan Eldor 2017 yilning yozida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov”ga ko‘chib o‘tdi. Transfermarkt portali kelishuv summasi 300 ming evroni tashkil qilgani qayd etilgan.

“ROSTOV”

“Rostov” safida umumiy 91 ta o‘yin o‘tkazgan hamyurtimiz jami 18 ta gol, 12 ta assist muallifi bo‘ldi va olti marta ogohlantirish oldi.

Eldor RPLdagi faoliyati davomida quyidagi jamoalarga gol urgan:

“Tosno”,  “Krasnodar” va “Lokomotiv”ga  2 tadan, “Spartak Moskva”,  “Orenburg”, “Arsenal Tula”, “Ural”, “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Tambov”, “dinamo Moskva” va “Axmat”ga bittadan to‘p kiritgan.

Rossiya kubogida  “Sizran-2003” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan.

Evropa Ligasi saralash turnirida Isroilning “Makkabi Xayfa” jamoasi darvozabonini ojiz qoldirgan.

“JENOA”

Shomurodov 2020 yilning oktyabrida Italiyaning eng qadimiy jamoasi “Jenoa”ga ko‘chib o‘tdi. Bu transfer genuyaliklar uchun umumiy hisobda 9,5 million evroga tushdi.  Bir mavsumda davomida hambyutimiz 32 ta uchrashuvda sakkizta gol urdi va ikkita golli pas uzatdi, bir marta sariq kartochka oldi.

Eldor A Seriyada quyidagi jamoalarga gol urdi:

“Parma”, “Sassuolo”, “Verona”, “Spetsiya”, “Latsio”, “Kalyari”ga bittadan to‘p kiritgan hamyurtimiz “Atalanta” darvozabonini ikki bor jazoladi.

“ROMA”

Rim klubi A Seriyada yangi paydo bo‘lgan to‘purarni olish uchun “Jenoa”ga umumiy hisobda 19,6 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Ammo o‘zbek futbolchisi Joze Mourino qo‘l ostida bor mahoratini ko‘rsatishi uchun etarli darajada imkoniyatga ega bo‘lmadi.

Keyinchalik poytaxt klubida Daniele de Rossi, Ivan Yurich va Klaudio Raneri bilan ishlagan Eldor Shomurodov baribir yuqori darajada o‘ynay olishini isbotladi. Bunda oxirgi yili jamoani boshqargan Klaudio Ranerining ishonchi katta rol o‘ynadi.

Shomurodov  “Roma”da jami 85 ta uchrashuvda 13 ta gol, 11 ta assist muallifi bo‘ldi va besh bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi.

O‘zbek hujumchisi A Seriyada “Venetsiya”ga ikkita, “Sampdoriya”, “Empoli”, “Montsa”, “Yuventus”, “Verona”ga bittadan gol urgan.

Italiya kubogida “Lechche” va “Sampdoriya” darvozasiga bir martadan yo‘l topgan.

Evropa ligasida turli yillarda Bolgariyaning “Ludogorets”, Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” va Ispaniyaning “Atletik Bilbao” jamoalariga bittadan to‘p kiritdi.

Konferentsiyalar ligasi saralashida “Trabzonspor” darvozasini ishg‘ol qildi va ilk bor o‘tkazilgan turnirda “Roma” safida g‘olib chiqdi.

“SPETsIYa”

Shomurodov Rim klubida o‘yin amaliyotisiz qolib ketganidan keyin mavsumning ikkinchi yarmini ijarada o‘tkazdi. 2023 yil boshida “Spetsiya”ga yo‘l olgan hujumchimiz jami 16 ta uchrashuvda bitta gol urdi, ikkita samarali pas uzatdi va ikki bor ogohlantirdi.

A Seriyada Shomurodov “Salernitana” darvozasiga yo‘l topa oldi xolos.

“KALЬYaRI”

2023-2024 yilgi mavsumda “Roma” Eldor Shomurodovni “Kalyari”ga ijaraga jo‘natdi. Tajribali murabbiy Klaudio Raneri qo‘l ostida o‘ynagan o‘zbek hujumchisi jamoani A Seriyada olib qolishga hissa qo‘shdi.

Shomurodov sardiniyaliklar jamoasida 24 ta o‘yinda uchtadan gol va assist qayd etdi, bir bor sariq kartochka oldi.

A Seriyada Eldor “Salernitana”ga ikkita va “Inter”ga bitta gol urdi.    

“ISTANBUL BAShAKShEHIR”

“Roma” 2025 yilning yozida o‘zbekistonlik legionerni yana ijaraga jo‘natdi. Bu safar Italiyadan tashqariga. Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi Shomurodovni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsum uchun 3 million evro to‘lab, ijaraga oldi. Turk klubida mavsum yakunlangach, Rim klubiga yana 2,7 million evro to‘lab, Eldorni to‘liq transfer qilish huquqi bor.

Shomurodov yangi klubi tarkibida Konferentsiyalar ligasi saralash turnirida oltita uchrashuvda faqatgina bitta assist qayd etdi.

Turkiya Superligasida esa, uchinchi uchrashuvidayoq gollari hisobini ochdi. Eldor yangi jamoasidagi ilk to‘pini mamlakatning mashhur klublaridan biri “Bashakshehir” darvozasiga kiritdi. Chempionatning oltinchi turida Shomurodov “qurbonlari” qatoriga “Alanyaspor” darvozaboni Ertug‘rul Tashkiranni ham qo‘shib qo‘ydi.  

“Konyaspor” Shomurodovning aniq zarbasi qurboniga aylangan Turkiyaning uchinchi jamoasi bo‘ldi. Hozircha, Eldor “Bashakshehir” safida oltita o‘yinda uchta gol va bitta assist qayd etdi. Bu goldan keyin hamyurtimiz jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylanib oldi.  

Bu ro‘yxat yana uzoq davom etishiga umid qilamiz...

Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purari bo‘la oladimi?

Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!
Husanovdan o‘tolmading-ku! “Arsenal” mashhur hujumchidan voz kechadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
29/09/2025 15:14
Админ,эътиборли булинг.Бешиктош га гол урган.
&
Rustam Ro‘ziyev
29/09/2025 09:05
Башакшехирспорда ўйнаб Башакшехир клубига гол урганми, балким Бешиктош жамоасига гол ургандир?