Shomurodovni Evropada ham tan olishmoqda!

  • 7 yanvar, 2021, 17:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 16-turida “Sassuolo” va “Jenoa” o‘rtasidagi uchrashuvda sassuololiklar darvozasini  ishg‘ol qilgan Eldor Shomurodov uchrashuvda faol harakatlari bilan ajralib turdi.

Tecno

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri  La Gazzetta dello Sport o‘zbek legionerining o‘yinini yuqori baholab, Eldor Shomurodovni mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etdi.

Avvarloq, futbolchilarning o‘yinini baholab boradigan Whoscored sayti ham Eldor Shomurodovga eng yuqori –  7,8  ball bergandi.

Eldor Shomurodov “Sassuolo” bilan o‘yinda uchrashuvda gol urishdan tashqari, raqib darvozasi tomon uch marta aniq zarba yo‘lladi. Shuningdek, jamoadoshini qulay pozitsiyaga olib chiqdi, raqiblarni muvaffaqiyatli aldab o‘ta oldi. O‘zbek hujumchisi havodagi kurashlarda uch bor g‘olib chiqdi va gol ham ana shunday vaziyatda kiritildi. Uning 20 ta pasidan 70 foizi manzilga aniq bordi. Bu hujumchi uchun yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mutaxassislar Shomurodovning himoyachilarga yordam berayotganini ham alohida ta’kidlamoqda. U ikki marta raqib hujumi vaqtida ulardan to‘pni olib qo‘ydi.

Umumiy hisobda genuyaliklar tarkibida A Seriyada 11 ta o‘yin o‘tkazgan Shomurodov ikkita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.  

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Super gol urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!