"Shomurodovdan nega hayratlanishim kerak?"

  • 4 fevral, 2021, 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarning kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan A Seriyaga yo‘l olayotgani bugungi kunda ko‘plab muxlisu mutaxassislar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzuga aylanib bormoqda.

Tecno

Yozdan beri Italiya chempionatiga rus futbolida toblangan bir necha o‘yinchi ko‘chib o‘tdi. “Lokomotiv” etakchisi Aleksey Miranchuk hozir “Atalanta”ning asosiy tarkibiga kirish uchun tajribali va taniqli futbolchilar bilan raqobatlashmoqda. “Rostov”da porlagan Eldor Shomurodov qisqa fursatda “Jenoa”ning ishonchli futbolchisiga aylandi va jamoasining muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shmoqda.

131895634_4147684591909096_383121433571040860_o

Endi ular qatoriga “Spartak”da ishlari yurishmagan Aleksandr Kokorin qo‘shildi. “Fiorentina” bilan shartnoma imzolagan tajribali hujumchi Italiya chempionati yordamida faoliyatida tub burilish yasab, yana yulduzlik mavqeini tiklab olishiga ishonmoqda.

Rossiyalik taniqli sharhlovchi Gennadiy Orlov “Sport Ekspress” nashri jurnalisti Vitaliy Ayrapetovga bergan intervyusida Italiyada faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Nazariy jihatdan, Aleksandr Kokorinning Evropada o‘zini ko‘rsatish imkoniyati Fyodor Smolovnikidan ko‘proqmi?

- Kokorinning o‘yin uslubi qiziqarliroq. Smolov esa eskicha usulda o‘ynaydi. Maydonda nimanidir qoyillatdimi, darrov o‘ziga dam beradi va o‘yindan chiqadi. Darhaqiqat, Miranchukda ham xuddi shunaqa odat bor.

- Rostdanmi?

- Nima deb o‘ylaysiz, unda Aleksey nega ilk daqiqalardan o‘ynamayapti? Albatta, raqobatchilari jiddiy va kuchli. Miranchukning o‘zi ham hali Evropa futboliga to‘liq ko‘nikib ketgani yo‘q. U bosh murabbiy Gasperinining talablarini tushunib etmagan. Biroq, Alekseyning yoshligini inobatga olsak, unda vaziyatni o‘zgartirish va o‘zining o‘zgarishi uchun vaqt bor. Kokorin esa, katta tavakkal qildi. U “Fiorentina”dagi birinchi uchrashuvidan boshlab, o‘zini ko‘rsatishi va natija berishi shart. Maydonga tushib, gol urishi, golli pas berishi kerak. Unga rahmim kelyapti...

- Nega?

- Kokorinning iqtidori bor edi. Salohiyati butkul barbod bo‘lmagan, deb umid qilaman. “Dinamo”da qanday o‘ynaganini bir eslang. Lekin o‘shanda uning yonida Kurani va Voronin kabi o‘z ishining ustalari bo‘lgan. Ular Aleksandrga katta yordam berardi. Hozir umuman begona yurtga yo‘l oldi. Uni Italiyada quchoq ochib kutib olishadimi? Masalan, “Selta”dagilar Fyodor Smolov 90 daqiqa o‘ynay olmasligini darrov tushinib etishdi.

- Shomurodovning “Jenoa”dagi o‘yini sizni hayratlantirdimi?

- Shomurodovdan nega hayratlanishim kerak? Esingizdami, men sizga intervyu berib, Eldorning intellektual salohiyati premer-liga hujumchilarinikidan baland ekanini aytgan edim. “Rostov”da o‘ynagan dastlabki vaqtlardayoq, Shomurodov e’tiborimni tortgan edi. Mana, hammasi zo‘r ketyapti va men haq bo‘lib chiqdim-ku. Hozir Shomurodovga “Yuventus” qiziqayotgani haqida ko‘p yozishmoqda. Eldorning mahorati, o‘yinining sifati Italiya chempionatida o‘zini ko‘rsata olishiga xizmat qilmoqda.

1111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111_1

Darhaqiqat, Rossiya chempionatidan A Seriyaga yo‘l olgan futbolchilar orasida hozircha faqat Eldor Shomurodov o‘z jamoasining etakchi futbolchisiga aylana oldi. Yaqinda “Jenoa” prezidenti Enriko Pretsiozi o‘zbek hujumchisi ayni paytda murakkab vazifani bajarayotgan jamoaga juda kerak ekanini aytib, uning boshqa klubga transfer qilinmasligini bildirdi.

Shomurodovning shashti baland yoxud uni katta sinovlar kutmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!