
Shomurodov uchun chiqish eshiklari yopilmoqda
"Roma" safida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov so‘nggi paytlarda Rim klubining zaxirasida qolib ketayotgandi. Shu bois, bir qator klublar Eldorni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi.
Jumladan, "Bolonya" futbolchimiz bilan shartnoma imzolashga ko‘p bor harakat qildi. Oxir-oqibat ular "bo‘rilar" bilan hujumchimizning narxini kelisha olmadi.
Kecha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, transfer oynasining so‘nggi kunlarida "Montsa" ham terma jamoamiz sardoriga qiziqish bildirgan. Taniqli jurnalist Nikola Skira bergan ma’lumotga ko‘ra, A Seriya debyutantlarining ham "Roma" bilan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Endilikda, 27 yoshli forvard katta ehtimol bilan faoliyatini Mourino qo‘l ostida davom ettiradi.
Fikrlar