
Shomurodov "Torino"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushmasligi mumkin
O‘zbekistonda futbol muxlislari "Jenoa"ning o‘yinlarini Shomurodov sabab ko‘rishlari barchaga ayon. Agar Eldor qaydnomaga kiritilmasa, genuyaliklarning kim bilan bahs yuritishining biz uchun ahamiyati qolmaydi.
"Jenoa"ning keyingi bellashuv uchun qaydnomasi e’lon qilindi (Foto)
Eldor Shomurodov jamoasi bugun ham seriyani davom ettira oladimi?
Avvalgi turni jarohati sabab o‘tkazib yuborgan hamyurtimiz bugun bo‘ladigan "Torino"ga qarshi bellashuv qaydnomasiga kiritilgan. U jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashdi, shu bois Davide Ballardini hujumchimizni kengaytirilgan tarkibga kiritgan. Ammo Shomurodov bugun asosiy tarkibda maydonga tushmasligi mumkin. Bunga sabab uning kichik jarohatdan endigina forig‘ bo‘lganidir. Vaziyat taqazo qilsa yoki unga o‘yinini taklab olishi uchun zaxiradan uchrashuvga qo‘shilishi kutilmoqda.
Qolaversa, Italiya nashrlari tuzgan taxminiy tarkibda ham Eldor asosiy tarkibdan o‘rin olmagan. Voqealar rivojini saytimizda kuzatishda davom eting.
Fikrlar