Shomurodov “Jenoa” bilan shartnoma imzoladi va qachon debyut qilishi aniq bo‘ldi

  • 4 oktabr, 2020, 20:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov Genuya shahri jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani va to‘rt yillik shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqatila boshlandi. Tez orada “Jenoa” Shomurodovning transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.  

Tecno

Shuningdek, hamyurtimizning Italiyadagi birinchi mashg‘uloti va yangi jamoasidagi debyuti vaqti aniq bo‘ldi.

Italiya va Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarga ko‘ra, “Jenoa” asosiy tarkibi 5 oktyabr – dushanba kunidan mashg‘ulotlarga kirishadi. Ayni paytda ushbu jamoada koronavirus tarqalgani va yigirmaga yaqin odam zararlangani uchun mashg‘ulotlar to‘xtatilgan.

“Jenoa” futbolchilaridan Petar Brlek, Mixa Zayts, Franchesko Kassata, Lukas Lerager, Federiko Marketti, Filippo Melegoni, Luka Pellegrini, Mattia Perin, Marko Pyatsa, Ivan Radovanovich, Lasse Shone, David Dzappakostada koronavirus aniqlangani bois, karantinga olinib, shifokorlar nazoratida qolmoqda.

204150_357bd435d0a63979238dd62f7e2d75d7

Eldor Shomurodov agenti German Tkachenko bilan Genuyaga etib borgani va xalqaro aeroport yaqinidagi mehmonxonaga joylashgani haqida xabar bergan edik. Eldor tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin “Jenoa” bilan munosabatlarini rasmiylashtirgach, jamoa a’zosi sifatida ilk mashg‘ulotini 5 oktyabr kuni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

“Jenoa”da 9-raqamda to‘p surishi kutilayotgan o‘zbekistonlik hujumchi yangi jamoasi safidagi tarixiy debyut uchrashuvini 19 oktyabr kuni “Verona” jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. A Seriyaning to‘rtinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvga Verona shahridagi 45 ming kishilik "Stadio Mark-Antonio Bentegodi" stadioni mezbonlik qiladi.

Ta’kidlash joizki, “Verona” Eldor Shomurodov uchun kurashda “Jenoa” bilan raqobatlashgan jamoalardan biri hisoblanadi. Veronaliklar hamyurtimiz transferi uchun 10 million evroni bo‘lib to‘lashga tayyor edi. Biroq, “Rostov” birinchi rasmiy chorlov yuborgan va taxminan 9 million evro va keyingi transferdan 15 foiz ulush va’da qilgan genuyaliklar taklifini qabul qildi.

1601549273_shom2200_w640h493

Shu o‘rinda, Eldor Shomurodovga mazkur ikki jamoadan tashqari, “Fiorentina”, “Selta”, “Shtutgart” kabi kuchli beshlik chempionatlari vakillaridan ham qiziqish bo‘lganini aytish maqsadga muvofiqdir.

Aslida Eldorning debyuti 3 oktyabr kuni “Torino”ga qarshi uy uchrashuvida bo‘lishi kerak edi. “Jenoa”da koronavirus tarqagani bois bu bahs boshqa muddatga qoldirildi.

Bundan tashqari, Eldor Shomurodov 3-16 oktyabr kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga taklif etilgan. Futbolchilarimiz 2022 yilgi jahon chempioni va 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga chiqish uchun qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu yig‘in doirasida Eron hamda BAA terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan. 8 oktyabr kuni terma jamoamiz Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs “Paxtakor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktyabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 

8941570544221

Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov Eldor Shomurodov uchun 5 oktyabrga chipta olinganini, lekin so‘nggi yangiliklar tufayli hujumchi kelishi aniq emasligini  bildirdi. Shomurodov mamlakatimiz bosh jamoasining asosiy to‘purari hisoblanadi. U 43 ta uchrashuvda 20 ta gol urgan.  Biroq, ayni paytda uning oldida turgan eng asosiy vazifa “Jenoa”da o‘z o‘rnini topish va A Seriyada mahoratini namoyish etishdir.

Shomurodovning “Jenoa”si koronavirus o‘chog‘iga aylanib qoldi

Vadim Abramov Shomurodov transferini qanday qabul qildi?

Shomurodov transferining yangi tafsilotlari

Shomurodov Italiyaga uchib ketdi

“Jenoa” futbolchilari Shomurodovni kutib ololmaydi

Yangi ma’lumot. Shomurodov Italiya klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi

Shomurodov eng zo‘r futbolchilar termasiga kiritildi (foto)

Shomurodovning narxi qancha? “Rostov” “Jenoa”ning 8 millionini mensimadi yoxud Eldorga Evropadan yana uchta taklif bor

"Jenoa" Eldor Shomurodovni olyapti

Kanchelskis Shomurodovga Evropa futbolida o‘ynash usulini o‘rgatdi. Eldorni Ronaldu bilan raqobat kutmoqda

Shomurodov transferi bo‘yicha tezkor ma’lumot. “Rostov” Eldorni qo‘yib yubormayapti

“Rostov” Shomurodov o‘rniga Buxoroda tug‘ilgan hujumchini oladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Kind Prince
03/10/2020 15:22
Элдор Шомуродовга факат омад тилаб коламан. Кибрга бериласа у Юлдуз булади. Ман манлик Хар ерда йигитни зурини синдиради.Уз уйинларин бн бизани хушнуд этишинга ишонамиз. Женоага мухлислик киламиз Энди. Факат олґа ортга йул йук узбегим углони юртимиз номини дунёга танит.
&
Rostgoy
03/10/2020 00:05
Бугун Яна Яна битта хабар эшиттим. Коркалпокистоннинг орол дамоаси кучайиш арафасида. Президентимиз Коракалпогистонга бориб йигилиш утказганларида орол жамоасини Олий лигада уйнашини ва орол жамоасини мухлисларидан булишларини айтилар. Бу дегани Якин орала орол олийда булиши аник. Ота этими килинади.