
Shomurodov: "Eronga qarshi maydonda 12-futbolchimiz ham bo‘ladi"
Xabaringiz bor, O‘zbekistonni oldinda Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Eronga qarshi bahs kutib turibdi. Mazkur o‘yin oldidan terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hamma biladi, bizni oldinda muhim o‘yin kutib turibdi. Uyda o‘ynashimiz bizga foyda, chunki maydonda 12-futbolchi, muxlislar ham bo‘ladi. Albatta natija uchun harakat qilamiz".
Erondagi yo‘qotishlar haqida:
"Bilmadim, bu yo‘qotish yordam beradimi, yoqmi? Biz hozir o‘zimizning o‘yinga e’tiborni qaratganmiz. Bizda hammasi joyida, jarohat olganlar yo‘q".
"Turkmanistonda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Bunaqa qiyin o‘yinlar ham bo‘lib turadi, lekin eng muhimi 3 ochko. Ikkita jamoa ham bir maydonda o‘ynadi. Mazkur o‘yin o‘tib ketdi. Endi oldinda kutib turgan uchrashuvlarga e’tibor qaratishimiz kerak", - dedi hujumchimiz.
Fikrlar