
Shomurodov Dibala va Sanchesni ortda qoldirdi
Kecha Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan "Jenoa" va "Verona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Genuyaliklarning dastlabki goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Eldor chempionatdagi gollarini 3taga etkazib, Dibala ("Yuventus" 2ta) va Aleksis Sanches ("Inter" 2ta) kabi yulduz futbolchilarni ortda qoldirdi.
Legionerimiz A Seriyada 16ta o‘yinda maydonga tushgan. Qolaversa, Eldor 1ta golga ham assistentlik qilgan.
Fikrlar