Shomurodov bor ekan, bizga angliyalik yulduzlar kerak emas!

  • 15 avgust, 2021, 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov yangi jamoasi “Roma” tarkibida to‘liq bo‘lmagan ikkita uchrashuvda qatnashib, jami to‘rtta golda bevosita ishtirok etdi.

Tecno

“Roma”ning “Betis”ga qarshi uchrashuvida jamoasining birinchi golini urgan hamyurtimiz Rimdagi “Olimpiko” stadionida “Raja Kasablanka”ga qarshi kechgan bahsda ham hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

17-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan o‘zbek futbolchisi ikkinchi bo‘lim boshida Genrix Mxitaryanning gol urishi uchun qulay pozitsiyaga chiqardi.

“Roma”ning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan o‘rtoqlik o‘yinida qolgan gollarni Janluka Manchini, Karles Peres va Borxa Mayoral kiritdi.

“Roma” muxlislari ushbu uchrashuvdan keyin jamoaning asosiy hujumchisi va to‘purariga aylanib borayotgan Eldor Shomurodovning o‘yini borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

rue2db3ac2234

Sports.uz sayti o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga rimlik ishqibozlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarini havola etadi.

Fabrizio Stura:

O‘zbek hujumisi ajoyib ekan. U “Roma”da to‘liq bo‘lmagan ikkita uchrashuvda qatnashib, to‘rtta golda bevosita ishtirok etdi. Ikki bor o‘zi gol urdi, bitta assistni amalga oshirdi va bir marta uning to‘singa tegib qaytgan zarbasini futbolchimiz darvozaga joyladi. Men Eldor jamoamizga to‘liq moslashib olganidan keyin qanday o‘ynashini tasavvur qilyapman.

Dimitri Prencipe:

Qancha muxlislar Shomurodovning transferiga qarshi bo‘lgani esingizdami? Ular Eldor unga sarflangan pullarga arzimaydi, degandi. Menimcha, biz o‘z o‘yin uslubimizga mos hujumchini endi topdik.

Nick Megalizzi:

“El Uzbeko” – marokashliklarga qarshi o‘yinning eng zo‘r futbolchisi. Gol va assist u maydonda amalga oshirgan ishlarning bir qismi xolos. U bundan tashqari o‘zi va jamoadoshlari uchun bir nechta xavfli vaziyat yaratdi. Juda zo‘r futbolchi!

652113_original

Graziano Graziosi:

19 avgust kuni mavsumning ilk rasmiy uchrashuvi. Men “Trabzonspor”ga qarshi asosiy tarkibda kim tushishini bilaman. Shomurodov turklar himoyasini yorib tashlaydi.

Federico Tonti:

Men Shomurodov o‘yinimizga uzoq moslashadi, deb qo‘rqqan edim. Lekin u dastlabki uchrashuvdayoq yuqori saviyasini ko‘rsata oldi. Agar u hozirgidek o‘ynasa, vaqti kelib A Seriya to‘purari bo‘lishi mumkin.

Leonardo Musci:

Shomurodovning har bir goli Temmi Abraxamning jamoamizga kelish imkoniyatini pasaytirib yubormoqda. O‘zimizda Eldordek zo‘r hujumchi bor ekan angliyalik futbolchini nima qilamiz?

Alessio Rubiu:

Shomurodov yana bir bor “yuqori” va “pastki qavat”da o‘ynash olishini isbotlab qo‘ydi. Oyoqda gol urdi, bosh bilan golli pas uzatdi. Eldor serqirra hujumchi ekan.

238166952_4308255052568609_4461723317573568420_n

Claudia Quaranta:

Agar Shomurodov shunday o‘ynashda davom etsa, “Roma”da uzoq qolmaydi. U bir yildan keyin “Liverpul” yoki PSJga ketadi!

Bugun o‘yin. Shomurodov yana gol ursa bormi?!

“Shomurodov transferida “Jenoa” bizni “uxlatdi”, deb o‘ylagandim!..”

Mourino nega aynan Shomurodovni tanladi?

Shomurodovning o‘zi “Roma”ga o‘tgani haqida nimalar dedi?

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
15/08/2021 12:19
Ўз ватандошинг ҳаққида яҳши, ижобий баҳоларни эшитиш ёқимли бўларкан. Омад Элдорга.
Baxtiyor Temirov
15/08/2021 09:18
Eldor sini izingdan yurtdoshlaring tayyor uzbek futbolini jaxonga tanitding endi uzbek futbalistlariga yul ochildi uzbek uglonlari nimaga qodirligini dunyoga kursatding omad senga uzbek ugloni
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
15/08/2021 08:59
Bizga PSJ kerak emas keyingi manzil Angliya yoki Ispaniyan
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
15/08/2021 08:58
Bizga PSJ kerak emas keyingi manzil Angliya yoki Ispaniyan
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
15/08/2021 08:22
Eldolga gap yo‘q omadini bersin!
Abu Ibrohim
15/08/2021 12:37
Псж ажойиб боларди лекин