Shomurodov bir ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma”da etakchi yoxud Mourino qanday xatoga yo‘l qo‘ydi!

  • 14 noyabr, 2021, 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futboli statistikasi bilan shug‘ullanayotgan tahlilchilari “Roma” futbolchilarining assistlari bo‘yicha reytingini e’lon qildi.

Tecno

A Seriyaning so‘nggi turida Eldor Shomurodov “Venetsiya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zi darvozani ishg‘ol qilganidan tashqari Temmi Abraxamga golli pas ham oshirdi. Italiya chempionatida “Roma”dagi gollari hisobini ochgan legionerimiz golli pas oshirish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

“Venetsiya” bilan to‘qnashuvdan so‘ng Shomurodov assistlari sonini uchtaga etkazib, ikkitadan golli pas muallifi bo‘lgan Genrix Mxitaryan, Temmi Abraxam, Lorentso Pellegrini va Jordan Veretudan o‘zib ketdi.

Bundan tashqari, Shomurodov UEFA Konferentsiyalar ligasida ham bitta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga bir juft golli pas oshirgan. Hamyurtimiz 2+5 natijasini qayd etish uchun jami 580 daqiqa sarflagan.

163120_m

Mourino nishonida to‘rt futbolchi

“Roma” o‘ng qanot himoyachisi Rik Karsdorpga raqobatchi qidirmoqda. Ayni paytda klub sport direktori Tyago Pinto yanvarda taklif etiladigan nomzodlar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Joze Mourino “Manchester Yunayted”dagi sobiq shogirdi Diogu Dalot, “Sampdoriya”da o‘ynayotgan Polsha terma jamoasi a’zosi Bartosh Bereshinski, “Lill” vakili Mexmet Chelik va “Feyenorord” o‘yinchisi Markus Pedersen kabi futbolchilarni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

“Roma” Dalotga qancha sarflashi ma’lum bo‘ldi

“Roma” qishki transferlar vaqtida Diogu Dalotni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rmoqda.  

“Roma” 22 yoshli himoyachi uchun tayyorlayotgan taklifda uni mavsum oxirigacha ijaraga olib, bu muddat uchun 1,5 million evro miqdorida pul to‘lamoqchi. Agar Dalot portugaliyalik mutaxassisning ishonchini qozona olsa, rimliklar uni yozda 15 million evroga to‘liq transfer qiladi.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Dalotga etarli o‘yin amaliyoti bermayapti. Iste’dodli himoyachi joriy mavsumda oltita uchrashuvda maydonga tushib, jami 316 daqiqa o‘ynadi.

Uning manchesterliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi.

397ca3bd95851b0dc9f9670f4fc4fe685ddcf8e903ddb936657042

Mourino bu transferga ko‘nmadi

Angliyalik futbolchi Kalum Chembersning agentlari 26 yoshli himoyachining xizmatlarini “Roma”ga taklif qildi.

Yaqinda Chembersning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi yakunlandi va londonliklar u bilan hamkorlikni davom ettirishni istamadi. Garchi ayni paytda Kalum erkin agent sifatida “Roma”ga tekinga qo‘shilishi mumkin bo‘lsa-da, Joze Mourinoga bu o‘yinchi ma’qul kelmadi.

Kalum Chembers 2013-2014 yillari “Sautgempton”da o‘ynaganidan keyin “Arsenal”ga transfer qilingan. Bu himoyachi orada “Midlsbro” va “Fulxem”ga ijaraga ham berilgan.

2014 yili Angliya terma jamoasi safida uchta uchrashuvda qatnashgan edi.

kallm-chambers

Mourino xato qildimi?

Mutaxassislar Joze Mourino “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin ispaniyalik jahon chempioni Pedroga e’tibor qaratmaganini tanqid ostiga olmoqda.

Ma’lumki, portugaliyalik mutaxassis “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin futbolchilar orasidan o‘ziga ma’qullarini tanladi va qolganlarini mashg‘ulotlarga qo‘ymadi va klub mutasaddilariga ularga boshqa ish topib berishni uqtirdi.

Pedro murabbiy mashg‘ulotlarga qo‘shmagan guruhda qoldi. Agar  u o‘ziga Italiyaning o‘zidan jamoa topmaganida “Roma” moliyaviy tomondan zarar ko‘rardi.

Yaxshiki, “Latsio” bosh murabbiyi Maurisio Sarri ispan hujumchisining muxlisi chiqib qoldi va Mourino kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchini Rimning ikkinchi klubida olib qoldi. Pedro ham ishonchni oqlayapti. U joriy mavsumda birinchi golini aynan “Roma” darvozasiga urdi. Shundan so‘ng uning ishtahasi ochilib, yana uch marta to‘p kiritdi.

01_1362

Ma’lumot o‘rnida, Mourino tanlagan “Roma” hujumchilarining birortasi gollari sonini hali to‘rttaga etkazgani yo‘q.

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Shomurodov va uning muxlislari xursand bo‘ladigan xabar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
13/11/2021 23:29
Элдор ҳали кўп жабҳаларда етакчи бўлади. Маур ҳам кўпроқ эътибор берса, ўйнатса вақт берса ўзига фойда. Жозе маур юбан Педрони олиб қолши керак эди.