Shoma, sen uni tabriklab qo‘y!

  • 20 yanvar, 2022, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Genrix Mxitaryan bugungi kunda “Roma”ning haqiqiy etakchilaridan biriga aylandi. Joze Mourino ko‘p masalada armanistonlik legioner yordamiga suyanib qolmoqda. Mahoratli futbolchi portugaliyalik mutaxassis qo‘llayotgan taktikalarning aksariyatida asosiy rollardan birini bajaryapti.

Tecno

32 yoshli futbolchining jamoadagi mavqei shu darajaga etdiki, u ketma-ket 10 ta uchrashuvda to‘liq harakat qildi. Agar Joze Mourino tajribali pleymeykerni Italiya kubogi doirasida “Lechche”ga qarshi o‘yinda ham maydonga tushirsa, bu Mxitaryan uchun yubiley uchrashuv bo‘ladi.

Armanistonlik legioner shu kungacha “Roma” uchun 99 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Navbatdagisi 100-sifatida nishonlanadi. Genrix shu bahslarda o‘z hisobiga 27 ta gol va 24 ta assist rasmiylashtirdi.

Mxitaryanning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!