Shok xabar: Messi boshqa klubga o‘tadigan bo‘ldi

  • 29 sentabr, 09:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha nufuzli manbalar sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi o‘zi 2023 yilning yozidan beri o‘ynab kelayotgan “Inter Mayami” klubi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qilgan edi.

Tecno

Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi floridaliklar bilan 2028 yilning oxirigacha davom etadigan bitim tuzishi kutilayotgandi.

Ammo yana bir nufuzli manba – El Nacional nashri Messining fikri o‘zgargani haqida yozdi. Manbaning ta’kidlashicha, argentinalik yulduz faoliyatini tez orada faoliyatini yakunlash, bu ishni o‘z yurtida, o‘zining birinchi jamoasi “Nyuells Old Boyz” klubida yakunlashga qaror qilgan.

Messining Argentina terma jamoasidagi kelajagi ham mavhum bo‘lib turibdi. Leo 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashishi aniq emas. Shunga qaramay,  El Nacional ekspertlari Messi faoliyatidagi oxirgi mundialga aynan “Nyuells Old Boyz” o‘yinchisi sifatida borib, qadrdon klubi nomini tarixga muhrlashni orzu qilayotganini yozdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!