
Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov vazn toifasida mutlaq chempionlik jangi bo‘ladi
Super engil vazn toifasida IBF va WBA yo‘nalishi chempioni britaniyaniyalik Josh Teylor ( 17-0, 13 KO) hamda WBC va WBO chempioni amerikalik Xose Ramires (26-0, 17 KO) mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Aslida, Xose Ramires va WBO yo‘nalishida majburiy da’vogar Jek Keteral (25-0, 13 KO) jangiga buyruq berilgan edi. Biroq Keteral jangni kechiktirishga, Josh Teylor va Xose Ramires to‘qnashuvi tashkil qilinishi uchun kutib turishini aytib o‘tdi. Jang 2021 yilning boshida bo‘lishi mumkin. G‘olib 4 ta kamarni qo‘lga kiritadi va mutlaq chempionga aylanadi.
Ushbu vazn toifasida Shahram G‘iyosov hamda Shohjahon Ergashev ham o‘z janglarini o‘tkazadi.
Fikrlar