
Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov harakat qilayotgan vaznda mutlaq jahon chempioni nomi ma’lum bo‘ldi
Bugun professional boksning super engil vazn toifasida (-63,5 kg) WBC, WBA, WBO, IBF va The Ring kamarlari uchun jang bo‘lib o‘tdi. Unda amerikalik Xose Ramires shotlandiyalik Josh Teylorga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jangning dastlabki raundlarida Xose Ramires biroz ustulik qildi. Ammo 5-raunddan so‘ng, Teylor o‘zini ko‘rsata boshladi. 6 va 7-raundlarda shotlandiyalik bokschi Ramiresni nokdaun holatiga ham tushura oldi. Qolgan raundlarda goh u, goh bu bokschi ustunlik qildi. 12 raund to‘liq davom etgan bahsda barcha hakamlarning bir ovozdan 114-112 hisobiga ko‘ra, Josh Teylor (18-0, 13KO) g‘alabani qo‘lga kiritdi va mazkur vazndagi barcha kamarlarni o‘ziniki qilib, mutlaq jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. Ramires esa 26 g‘alabali yurishidan so‘ng ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar